O'quvchilar xotirasini kuchaytiruvchi o'yinlar
Obyektlarni yodlash o'yini
Ushbu o'yin kimyo, fizika, texnologiya fanlarida qo'l keladi. Tegishli vositalar va materiallar bilan o‘quvchilaringizni yangi mavzuni tanishtirishning qiziqarli usulini izlab yurgan bo'lsangiz — bu usul aynan siz uchun!
O'tkazilishi
Sinfdagi stolingiz ustiga kamida 15 xil obyektni joylashtirasiz va o‘quvchilar ularni ma’lum vaqt oralig‘ida o‘rganadilar.
Vaqt belgilashda o'quvchilarning yoshidan kelib chiqasiz. O‘quvchilardan ular haqidagi tafsilotlarni eslab qolishlarini so‘rang.
Shundan so‘ng obyektlar ustini yoping va bolalardan bu jihozlardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligi haqida so‘rang yoki proyektor ekranida tasvirlarni ko‘rsatib, takrorlashlarni tashkil etishingiz ham mumkin.
🎄https://t.center/innovatsionmetodika