📣📣📣🎀🎀🎀
🤩🤩🤩🤩🤩
🤩🤩🤩🤩🤩🤩
INSTAGRAM METODI
😇 Bu qanday metod deya oʻylanayapsizmi unda metod haqida batafsil maʼlumotlarni boʻlishaman.
Bilamizki bugungi kunda yoshlar instagram platformasida anchagina faol. Ushbu metodni nomini aytishingiz bilanoq oʻquvchilarni oʻzingizga beixtiyor jalb eta olasiz.
🔹 Ushbu metod yuqori sinf oʻquvchilari uchun ayniqsa juda ham qiziqarli boʻladi.
Metod bilan tanishamiz:
🔻🔻
🔘 Oʻquvchilarni 4 yoki 5 guruhga boʻlib olamiz;
🔘 Har bir guruh uchun bittadan list,rangli qalamlar,ruchkalar berib chiqamiz ( ushbu jihozlarni oʻzingiz taqdim etsangiz yanada yaxshiroq boʻladi ) ;
🔘 Endi esa barcha guruhga bir xil mavzu berasiz. Ular listga oʻz fikrlarini noodatiy tarzda yozishlari , sheʼriy tarzda ifodalashlari yoki biror narsa chizish orqali mavzuni yoritishlari mumkin. Eng muhimi loyihaga kreativ yondashish va mavzuni tushunarli ifodalay olish;
🔘 Faqat bir shart shuki guruhlar listga nomlarini yozmasliklari va guruhlar bir birlariga bajargan ishlarini koʻrsatmasliklari kerak;
🔘 Loyihani bajarishga maʼlum muddat belgilang va belgilangan vaqt tugagach barcha ishlarni yigʻib oling;
🔘 Guruhlarga oʻz ishi namoyish etilganda bu bizni loyihamiz deb aytmasliklarini qattiq tayinlang;
🔘 Endi esa doskaga like (
👍) , dislike (
👎) belgisini chizib yozib qoʻying. Doska -bu instagram platformasi. Oʻquvchilar ishlarini instagramda yaʼni doskada navbatma navbat namoyish etasiz;
🔘 Har bir ish namoyish etilganda oʻquvchilarga yoqqan yoqmaganligini soʻrab like va dislike lar sonini yozib boring. Oʻquvchilar yoqtirganda qoʻllarini
👍 tarzda, aksincha boʻlsa
👎 tarzda koʻtaradilar va siz osongina aniqlab olasiz;
🔘 Like va dislike lar soniga qarab gʻolib guruhni aniqlaysiz va baholaysiz.
Ushbu yangi metodni albatta darslaringizda qoʻllab koʻring
👍👍.
🎄https://t.center/innovatsionmetodika