"5 BARMOQ" metodi
🤷♀Har bir darsda butun sinf o'quvchilarini baholash qiyin, ammo bu metod yordamida ularni qisqa vaqt ichida baholay olasiz. Bu metoddan istalgan fanda foydalanish mumkin.
🔹Har bir o'quvchiga barmoqlarga beshta savol yozilgan kaft shabloni tarqatiladi.
1.Kaft shabloni tagiga o'quvchilar o'z ismini yozadilar.
2. O'quvchilar savollarga javoblarini qayd qiladilar. Joy yetmasa, qog'ozning orqa tarafiga yoziladi.
3. Javoblar yozib bo'lingach, tekshirish maqsadida shablonlar yondosh sheriklar bilan almashinadi.
4.O'qituvchi ketma-ket javoblarni e'lon qiladi.
Talab:
🔹Xato yozilgan javobli barmoq buklanishi kerak.
🔹Shablonlar egasiga qaytariladi va har bir o'quvchi "kaftlarni" ko'rsatib necha baho olganlarini bilib oladilar.
🔹Bu qiziq va vaqtni tejaydi.
Innovatsion metodika