#Grammar_time
🔖 Mavzu:
Otlarda birlik va ko'plik II qism (Singular and Plural nouns)
💡 Ingliz tilida har doim koʻplikda qoʻllaniladigan otlar ham mavjud boʻlib, ular juft qismdan iborat predmetlardir
(trousers/jeans/scissors/pyjames/glasses etc.). Bu otlar gapda qoʻllanganda
koʻplikdagi fe’l va koʻplikdagi olmoshni talab qiladi.
🔹️These
trousers don't fit me .
🔹️Where
are my
scissors ? I can't find
them.
💡 Eslatma: Yuqoridagi otlar oldidan
a pair of... (bir juft) soʻzini qoʻllashimiz mumkin. Bunday holatda ular birlikdagi otlar sifatida qoʻllaniladi va gapda birlikdagi fe’l hamda olmoshlar qoʻllanadi.
💡These/those + doim koʻplikda qoʻllanuvchi ot + are/do
💡A/this + pair of + doim koʻplikda qoʻllanuvchi ot + is/does
🔹️These jeans
don’t fit me
🔹️This pair of jeans
doesn’t fit me.
💡 Quyidagi otlar ingliz tilida faqat koʻplikdagi otlar hisoblanadi va koʻplikdagi fe'l bilan qoʻllaniladi.
▫️belongings ▫️clothes ▫️congratulations ▫️earnings ▫️goods ▫️manners ▫️particulars ▫️riches ▫️▫️surroundings ▫️savings ▫️thanks ▫️proceeds ▫️police ▫️cattle ▫️cast
🔹️Most of the
goods produced in this factory
are exported.
🔹️All their
belongings have been destroyed.
🔹️The police are investigating the case.
🔹️My
earnings aren't high but at least they are regular.
💡 Quyidagi otlar esa
-s qoʻshimchasi bilan tugasa ham,
birlikdagi otlar hisoblanadi va birlikdagi fe'llar bilan qoʻllanishi lozim.
▫️news ▫️economics ▫️linguistics ▫️mathemathics ▫️phonetics ▫️politics ▫️statistics ▫️physics ▫️gymnastics ▫️athletics ▫️measles ▫️mumps
🔹️Mathemathics is not the most popular school subject.
🔹️Athletics is good for you .
🔹️No
news is good news.
💡 Quyidagi otlar esa
bitta predmetni nazarda tutganda birlikdagi fe'l bilan, koʻp predmetlarni nazarda tutganda koʻplikdagi fe'l bilan shaklan oʻzgamasdan qoʻllaniladi.
▫️means ▫️species ▫️series ▫️crossroads ▫️headquarters ▫️works (zavod)
🔹️This crossroads is dangerous.
🔹️These crossroads are dangerous.
🔹️The bicycle
is an excellent means of transport.
🔹️Our company'
s headquarters is in London.
🔹️There
are thousands of species of bird on earth.
💡 people soʻzi
odamlar ma'nosida
-s qoʻshmasdan ham
koʻplikdagi ot hisoblanadi.
🔹️Many
people don't like flying.
💡 people soʻzi
xalq,millat ma'nosida ham
koʻplikda, ham birlikda qoʻllanishi mumkin. Koʻplikda
-s qoʻshimchasi qoʻshiladi.
🔹️The peoples of the Arab World have a common language.
➡️ ️
@ingliz_tiliuz