“Akademik harakatchanlik” dasturi g‘oliblari uchun umumiy hisobda 734 mln so‘mlik sertifikatlar topshirildi. ⚡️Ushbu dastur ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarga ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy ob’yektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish huquqini beradi.
Bunda yosh olimlar o‘z ish joyidan ajralmagan holda ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirishadi va bu bilan bog‘liq barcha harajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.
2024-yil uchun e’lon qilingan tanlovda 40 ga yaqin loyiha kelib tushgan va tanlov yakuniga ko‘ra 13 loyiha g‘olib deb topildi. Bugun Innovatsion rivojlanish agentligida tanlov g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.
👉“Akademik harakatchanlik” dasturi bo‘yicha batafsil ushbu havolada tanishib chiqishingiz mumkin.👉@ilmiy_darajali_kadrlar