#Audiokitob
👤 Doktor Oiz Qarniy
📖 "Baxtli bo‘lay desangiz..."
Kategoriya: Diniy-ma'rifiy adabiyot
Har bir inson baxt-saodatga erishish yo‘llarini izlaydi, tushkunlikka tushmaslikni, mahzunlikdan qutulish, hayot mazmunini to‘g‘ri anglashni istaydi. Siz azizlarning e’tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitobda ana shu jihatlar aks etgan. Kitobni teran nigoh bilan o‘qigan insonda albatta o‘zgarish sodir bo‘ladi, dunyoda o‘zi mashaqqat deb bilgan narsalar aslida Allohning hikmati ekanini anglaydi. O‘zbek kitobxonlariga “O‘kinma” va “Tabassum qiling” kitoblari bilan yaxshi tanish bo‘lgan doktor Oiz Qarniy qalamiga mansub ushbu kitob ham sizlarga ma’qul keladi degan umiddamiz.🎯@ilm_duri