View in Telegram
Imomi A’zam nasihatlari va o’gitlari Imomimiz deydilar: – Ey Yoqub! Sen birinchi navbatda ilm ol, undan keyin halol yo‘l bilan molu davlat orttir. Ana undan keyingina uylan. Agar ilm olish davringda mol topishga qo‘shish qilsang, ilm hosil qilishdan mahrum bo‘lib qolasan. Odamlarga bepisand bo‘lma. O‘zingni ham, boshqalarni ham hurmat qil. Ilmdan yuz o‘girma, shogirdlaringga ahamiyat qil. Ularning ilm olishga qiziqishlarini kuchaytirish uchun birini ota, boshqasini o‘g‘il qilib ol. Ko‘p kulma. Zero, bu qalbni o‘ldiradi. Doimo ohista yur. Yumushlarda shoshma-shosharlik qila ko‘rma. Ortingdan chaqirganga javob berma. Chunki mollarnigina orqasidan chaqiradilar. So‘zlagan vaqtingda qichqirib gapirma va ovozingni baland qilma, og‘ir-bosiq bo‘l. Shunday qilsang, sening sobit­qadamliging hammaga ayon bo‘ladi. «A’lom al-Axyor» kitobidan 🎯 @ilm_duri
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily