Bu ikki holat va ularning natijalarini ham biz bugungi kunda musulmonlar hayotida yaqqol ko'rib turibmiz.Ishlar oxirgi nuqtasigacha yetishi imtihon dunyosida Alloh taoloning qonuniyatlaridandir. Mana shu bilan zolimga hujjat, mo'minga imtihon tugal bo'ladi. Mana shu bilan munofiq mo'mindan ajraydi, kufr iymondan farqlanadi, qalloblar sodiqlardan ayri bo'ladi. Ana shu nuqtada kofirning kufri, mo'minning iymoni cho'qqiga yetadi va ahli Islomning taslimiyati tugal bo'ladi.
Ishlardagi so'ngi nuqtaning yana bir ahamiyati shundaki, Alloh taolo bandalardan uning yuqorisini so'ramaydi. Banda bor imkoniyatini ishga solib yaxshilikka harakat qilar ekan, qolganiga mas'ul bo'lmaydi. Biroq, buning chegarasi har kimning aqlu mizoji bilan emas, balki Alloh taolo nozil qilgan me'yorlar asosida belgilanadi. Shartlar bajarilgach esa, qolganiga Alloh taolodan ma'unat va karomat yetadi. Ushbu haqiqatni hamisha yodda tutish lozim.
😎Hasanxon Yahyo Abdulmajid
🎯 @ilm_duri