View in Telegram
Bu holatlar da'vat yo'lining sharoitlaridan bo'lib, payg'ambarlarning ajri ko'payishiga hissa qo'shgan. Shundan kelib chiqib, ulamolar ba'zan ixlos bilan qilingan amal uchun kishi sinovga tutilishini ta'kidlaydilar. Bu bilan mo'minning qalbi Alloh taologa yanada ko'proq yuzlanadi, taslim bo'ladi va amalining ajri ziyoda bo'ladi. Hayotda shunday kishilar borki, ular Alloh uchun ulkan ishlarni amalga oshirishadi, hech kimga sezdirmay dinga katta xizmatlar qilishadi. Ular ilm ahli bo'lib ko'rinmasligi ham mumkin. Basiyratsiz kishilar ularni nafaqat tanimaydi, balki aksincha fahmlashadi, taqvosiz, kerak bo'lsa, dinga amal qilmaydigan, shariatga zarar keltiradigan kishilar deb o'ylashadi. Aslida esa ularning botinlari tamom boshqa, iymonlari porloq, turgan joylarida Alloh taolo yo'lida jihod qilayotgan bo'lishadi. Bu juda ham go'zal maqom.  Zotan, nubuvvatdan pastki martaba siddiqlik - botinning zohirdan chiroyli bo'lishidir. Payg'ambarlar merosi, tugal ajrlar muborak bo'lsin! Kezi kelganda aytgim keldi. Bir qancha ahli ilm, ustozlarni bilaman. Ularni odamlar hali taqvosizlikda ayblar, hali saroy mullasi deb malomat qilishardi. Holbuki ularning dinga xizmati katta edi. Ular o'z maqomlarida ularni malomat qilayotgan o'sha shavvozlarni ham himoya qilar, taqdim etgan yaxshiliklari katta-kichik musulmonni qamragan edi. Ochig'ini aytganda, istibdod hukm surgan sharoitda dinimizga yo'l ochilishida ayrimlar turli gumonlar bilan ayblaydigan bir qator domlalarning hissasi katta bo'lgan. Ular o'z xizmatlari bilan maqtanmas, maqtana olmas ham edi. Bu ham bo'lsa ularning ixloslari barakasi bo'lsa, ajab emas. Solih kishilarni, zohiridan botini yaxshi insonlarni johillar malomat qilganda “Yaxshiyam amalning mukofotu jazosini Alloh O'zi beradi, agar odamlarga qolganda-mi...” degan xayol keladi. Xullas, bir yaxshi amalni Alloh roziligi uchun qilsangiz, ortidan odamlardan sizga ozor yetsa, modomiki, ishingiz shariatga muvofiq bo'lsa, xursand bo'lavering, inshoolloh, ajringiz ziyoda bo'ladi. Zero, ixlos bilan qilingan amallarning eng savobi ko'pi mana shunisidir. Bu holni ayrim mashoyixlar amalning qabuliyatidan belgi deb ham aytadilar. Shuning uchun ham ixlosni Alloh bilan banda o'rtasidagi sir, deydilar. Bizdan esa yaxshi gumon talab qilingan. Alloh taolo hamisha botinimizni zohirimizdan afzal aylasin va qalblarimizni iymonu ixlosda sobit etsin! 😎Hasanxon Yahyo Abdulmajid 🎯 @ilm_duri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily