#bolalar
Yana 10 nafar ota-ona qaramog'isiz qolgan bolani O‘zbekistonga qaytarish rejalashtirilmoqda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari Rossiya Federatsiyasiga xizmat safariga yo‘l oldilar.
U yerda Rossiyaning
6 ta hududida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik muassasalari ko‘magida
10 dan ortiq bola aniqlandi va ularni yaqin kunlarda O‘zbekistonga qaytarish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni qaytarish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida ko‘mak ko‘rsatildi.
Shuningdek, Agentlik tarkibidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlari bolalarning oilalari bilan faol ish olib bormoqda. Ularning asosiy vazifalari bolalarni qabul qilish uchun oilalarni tayyorlash va avvalroq qaytarilgan
110 nafar bolaning holatini muntazam ravishda monitoring qilishdan iborat.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz