🥹 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida inklyuziv auksion tashkil etildi
Unda viloyatdagi mavjud maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar tomonidan yaratilgan 200ga yaqin ijodiy ishlar, xususan, tasviriy va amaliy san’at namunalari, dekorativ buyumlar sotuvga qo‘yildi.
Shuni alohida e’tirof etish kerakki, aksiyada viloyatdagi barcha sektor rahbarlari, tashkilot va korxonalar vakillari har yilgidanda faol ishtirok etdi.
Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, asarlar sotuvidan 160 mln so‘mga yaqin pul jamg‘arildi va ushbu mablag‘lar bir kun ichida asar mualliflariga yetkazilishi nazarda tutilgan.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz