#natija
Zo'ravonliksiz hayot
7 yil davomida zo‘ravonlik va bosimlarga duch kelgan, ammo hech qayerga murojaat qilishga jur’at etmagan ayol, og'ir ahvolda dugonasidan yordam so'rab borgan.
Dugonasi vaziyatning jiddiyligini anglab, darhol tegishli tashkilotlarga murojaat qildi.
Ayol og'ir ahvolda shifoxonaga joylashtirildi. Shifoxonada davolash jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangach, ayol "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga joylashtirildi va individual dastur asosida psixologik, huquqiy va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatila boshladi.
Shu bilan birga, uning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash uchun kasb-hunar o‘rgatish yo‘nalishida ish olib borildi.
Sud qaroriga ko‘ra, uning sobiq turmush o‘rtog‘i oilaviy zo‘ravonlik va boshqa huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortildi hamda ozodlikdan mahrum qilindi.
Agar siz zo‘ravonlikka uchrasangiz "1146 Ishonch telefoniga" yoki "102" qisqa raqami orqali murojaat qiling.
#Zuravonlikoqlanmaydi
#16kunfaollik
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz