25-noyabrdan boshlab Toshkentda
"Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kampaniyasi boshlandi.
Bu tashabbus Xalqaro a
yollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkaziladi.
Bu kampaniya ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini eslatadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu muhim tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z logotipini olov rangga o‘zgartirdi. Olov rangi — umid, yorug‘lik va zo‘ravonliksiz kelajak ramzidir.
Sizni ham ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlashga, muammoga e’tibor qaratishga va birdamlikni namoyish etishga chorlaymiz. Birgalikda biz dunyoni xavfsizroq qila olamiz! Zero, zo‘ravonlik hech qachon oqlanmaydi!
#ZuravonlikOqlanmaydi #16KunFaollik
📝telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz