#unutdimikin?
Yurakda olov yo‘q, cho‘g‘ yo‘q ayni dam,
Bilmadim, negadir yonmaydi hech ham,
Yarim ko‘nglimda ham mavjud emas g‘am,
Robbim endi meni unutdimikin?...
Ilgari ezardi ko‘p iztiroblar,
Qalbimni o‘rtardi tig‘li azoblar,
Yurak qilmay qo‘ydi dardli xitoblar,
Robbim endi meni unutdimikin?...
✍ABDUVOSIT ABDURAHIMOV