🥹 Hech kim mehr va eʼtibordan chetda emas
Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Sirdaryo tumanidagi “Muruvvat” ayollar internat uyida Sirdaryo tumani hokimligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, Sirdaryo viloyati
bojxona boshqarmasi hamkorligida muassasada bayram tadbiri o‘tkazildi.
So‘zga chiqqanlar Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun hayotda teng imkoniyat va sharoitlar yaratib berishga katta eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlab o‘tishdi.
Bayram tadbirida, jajji bolajonlarni raqslari, internat uylarida istiqomat qilayotgan ayollar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, sanʼatkorlarning konsert dasturi muassasada davolanayotgan ayollarga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.
📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati