3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Guliston shahridagi “Registon” tantanalar uyida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda O‘zbekisron Nogironlar jamiyati, Karlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Nogironlar assosiatsiyasi, Afg‘onchilar birlashmasi, Chernobilchilar assosiatsiyasi hamda Nogiron bolalar va ularning ota-onalari uyushmasining 300 nafardan ziyod a’zolari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy qutladi. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borayotgan islohotlarning markazida inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash turganligi, ular doimiy mehr va e’tiborda ekanliklarini qayd etdi.
Imkoniyati cheklangan zamondoshlarimiz o‘zlarining matonatli mehnati, shukronalik fazilatlari bilan qolganlarga o‘rnak bo‘layotgani ta’kidlandi.
Tadbir kuy-qo‘shiq va raqslarga ulanib, ko‘tarinki ruhda davom etdi. Elimiz suygan san’atkorlarning chiqishlari yig‘ilganlarga bayram kayfiyatini ulashdi.
📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati