Taxiatosh IES — qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlab kelmoqda.
Stansiyada tashkil etilgan navbatchilik guruhlari barcha energoqurilmalarni muntazam ravishda nazoratdan o‘tkazishyapti.
Xususan, stansiyada har birining quvvati 280 MVt bo‘lgan ikkita zamonaviy, energotejamkor bug‘-gaz qurilmalari samarali faoliyat yuritmoqda.
Ayni paytda, maxsus shtab guruhlari mazkur bug‘-gaz qurilmalarining kimyo sexida navbatdagi nazorat tadbirlarini olib bormoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt