Amerikaning Kanadani bosib olish orzusi
2024 yil dekabr oyida AQShning saylangan prezidenti
Donald Tramp Kanadani
“51-shtat” sifatida anneksiya qilish niyati haqidagi bayonotlari bilan jamoatchilikni hayratda qoldirdi. Shubhasiz, hatto Tramp bunga erishish uchun hech qanday real chora ko'rmaydi, biroq bunday nutq
Kanadani Qo'shma Shtatlar tarkibiga kiritishga bo'lgan haqiqiy tarixiy urinishlarni eslashga asos bo'ladi.
G'oyaning o'zi tom ma'noda mustaqil Amerika davlati kabi qadimiy hisoblanadi. Yaʼni AQSh bilan teng gʻoya bu Trampning fikri. Amerika inqilobi davrida isyonkor
o'n uchta koloniya vakillari fransuz tilida so'zlashuvchi kanadaliklarni o'z tomoniga tortish uchun bir necha bor harakat qilishdi. Ular buning uchun oʻsha rahbarlarga yolg'on xatlar jo'natishdi. Jumladan,
1775 yilda, ya'ni Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolanishidan oldin ham separatist qo'shinlar Britaniyaga qarshi qo'zg'olonni shu viloyatgacha kengaytirish maqsadida
Kvebekga bostirib kirishdi. Amerikaliklar hatto
Monrealni egallab olishdi, ammo
31 dekabr kuni qor bo'ronida Kvebek shahriga yangi yil hujumi butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada, bosqinchi qo'mondon general
Richard Montgomeri o'ldirildi. Oxir-oqibat, katolik
fransuz kanadaliklari ingliz tilida so'zlashuvchi protestant Amerikaliklar ishiga aralashmadi. Soʻngra, ingliz qo'shinlari
1776 yilda amerikaliklarni Kvebekdan haydab chiqarishdi.
Biroq, AQShning birinchi konstitutsiyaviy hujjati,
1777 yilgi Konfederatsiya moddalarida Kanadaning Ittifoqqa avtomatik ravishda qo'shilish huquqiga ega ekanligi ko'rsatilgan maxsus
11-modda mavjud edi. 1783 yildagi
Parij shartnomasi natijasida Kanadaning ko'p qismi Britaniya nazorati ostida qoldi, ammo Qo'shma Shtatlar Buyuk ko'llarning janubidagi
Kvebek hududlarini oldi, bu erda hozir
Ogayo, Indiana, Illinoys, Michigan, Viskonsin va Minnesota shtatlari tashkil etilgan
@Ibtido_Tarix -
Kanalimizga obuna boʻling va reaksiya qoldirishni unutmang