Ta’limni yanada rivojlantirishga doir xalqaro loyihalar muhokama qilindi
✅ Bugun poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida "Taʼlimda transformatsiya: yorqin kelajak uchun global hamkorlik" mavzusida xalqaro tadbir boʻlib oʻtdi.
➖ “24-yanvar — Xalqaro taʼlim kuni” munosabati bilan tashkil etilgan ushbu muloqot davrasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, vazir Hilola Umarova, nufuzli xorijiy tashkilotlar vakillari hamda pedagoglar ishtirok etdi.
📍Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan taʼlimga doir oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, bugungi kun talablariga javob beradigan va barqaror kelajakni taʼminlovchi taʼlim tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi gʻoyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.
✅ Tadbir davomida BMT, UNESCO, UNICEF, Jahon banki, Cambridge University and Press vakillari soʻzga chiqib, bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi hamkorlikdagi loyihalar hamda erishilgan yutuqlar haqida soʻz yuritdi.
Xususan, taʼlimda sunʼiy intellektdan foydalanish, pedagoglar salohiyatini oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik loyihalari tilga olib oʻtildi.
📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga navbatdagi "Mahorat darsi" tashkil etildi
✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Azizbek Xakimov hamda shoir va publitsist Sodiq Sayhun tomonidan olib borildi
📘“Adabiyot ijtimoiy ong hodisasi. Vizual tasvirlash” mavzusida olib borilgan mahorat darsida 7-9 sinflar va ijodkor o'quvchilari qatnashdilar. Mahorat darsida adabiyot badiiy obrazlar vositalari orqali hayotning ta'sirchan ifodasidir. Shunga binoan, adabiyot ikkiyoqlama hodisa, u san'atga ham, ijtimoiy ongga ham birdek aloqadordir deb takidlandi. Mahorat darsi davomida o‘quvchilar o‘zlarini ijodlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bugun Abu-Dabi shahrida “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasi bo‘yicha Shayx Zoid mukofoti sovrindori bo‘lgan Prezident maktabi ikki nafar o‘quvchisining ota-onasi va ustoziga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotni topshirishdan xursand bo‘ldim.
Bu g‘alaba barcha yoshlarimiz uchun umid va ilhom ramzidir. Biz Siz bilan faxrlanamiz!
- Сегодня от имени Президента Республики Узбекистан мы с радостью вручили награды родителям двух учеников Президентской школы города Ташкента и их наставнику, победивших в номинации «Глобальные средние школы» премии Шейха Заида в Абу-Даби.
Эта победа — символ надежды и вдохновения для всей нашей молодёжи. Гордимся вами!