📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga navbatdagi "Mahorat darsi" tashkil etildi
✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Azizbek Xakimov hamda shoir va publitsist Sodiq Sayhun tomonidan olib borildi
📘“Adabiyot ijtimoiy ong hodisasi. Vizual tasvirlash” mavzusida olib borilgan mahorat darsida 7-9 sinflar va ijodkor o'quvchilari qatnashdilar. Mahorat darsida adabiyot badiiy obrazlar vositalari orqali hayotning ta'sirchan ifodasidir. Shunga binoan, adabiyot ikkiyoqlama hodisa, u san'atga ham, ijtimoiy ongga ham birdek aloqadordir deb takidlandi. Mahorat darsi davomida o‘quvchilar o‘zlarini ijodlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bugun Abu-Dabi shahrida “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasi bo‘yicha Shayx Zoid mukofoti sovrindori bo‘lgan Prezident maktabi ikki nafar o‘quvchisining ota-onasi va ustoziga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotni topshirishdan xursand bo‘ldim.
Bu g‘alaba barcha yoshlarimiz uchun umid va ilhom ramzidir. Biz Siz bilan faxrlanamiz!
- Сегодня от имени Президента Республики Узбекистан мы с радостью вручили награды родителям двух учеников Президентской школы города Ташкента и их наставнику, победивших в номинации «Глобальные средние школы» премии Шейха Заида в Абу-Даби.
Эта победа — символ надежды и вдохновения для всей нашей молодёжи. Гордимся вами!
"ROBO-CODING" OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
Mazkur bellashuv Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-8 hamda 9-11 – sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, muhandislik, robototexnika, dasturlash kabi yo‘nalishlarda 60 nafar yoshlar qamrab olingan. Jarayonda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov ishtirok etib, barcha olimpiada qatnashchilariga zafarlar tiladi. Qizg’in kechgan sinovda o‘quvchilar ijodiy va konstruktorlik qobiliyatlarini namoyish eta oldilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, musobaqaning 5-8 - sinflar o‘rtasida Namangan shahridagi Prezident maktabi jamoasi 1- o‘rinni egallab, Respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusiga asosan haftaning dushanbadan juma kuniga qadar soat 20:00 dan 20:40 gacha “Reading time” mutolaa vaqti tashkil etilgan. Bu vaqt davomida barcha o‘quvchilar o‘zlariga yoqqan badiiy, ilmiy-ommabop yoki ma’naviy-ma’rifiy kitoblarni o'qiydilar.