"ROBO-CODING" OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
Mazkur bellashuv Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-8 hamda 9-11 – sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, muhandislik, robototexnika, dasturlash kabi yo‘nalishlarda 60 nafar yoshlar qamrab olingan. Jarayonda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov ishtirok etib, barcha olimpiada qatnashchilariga zafarlar tiladi. Qizg’in kechgan sinovda o‘quvchilar ijodiy va konstruktorlik qobiliyatlarini namoyish eta oldilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, musobaqaning 5-8 - sinflar o‘rtasida Namangan shahridagi Prezident maktabi jamoasi 1- o‘rinni egallab, Respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati