Siz so'radingiz, biz esa taqdim qildik💡 Til o'rganishdagi asosiy muammolardan biri
tez o'rganib, tez unutishdir
Ba'zan biz yangi bilimlarni tezda o'zlashtirib, ko'p miqdorda material o'rganamiz, ammo bu bilimlar tezda yoddan chiqib ketadi.
⏰ Bu muammo bilimingizni mustahkamlashni qiyinlashtiradi va ko'p vaqtni qayta o'rganishga sarflashga majbur qiladi.
Bilimlarni uzoq muddat eslab qolish uchun muntazam takrorlash juda muhimdir.
⚡️ "Spaced Repetition" (oralab qaytarish) metodikasi bu borada juda samarali. Bu usul bo'yicha o'rganilgan materialni vaqti-vaqti bilan takrorlash orqali uzoq muddatli xotirada saqlash mumkin.
Masalan, yangi so'zlar va iboralarni o'rganib bo'lgach, 1 soatdan keyin, bir necha kundan keyin, bir necha haftadan keyin, bir necha oydan so'ng takrorlaysiz.
🧠 Har bir muvaffaqiyatli takrorlashdan so'ng, ushbu ma'lumotni keyingi qaytarish oralig'i uzaytiriladi. Bu jarayon uzoq muddatli xotira faoliyatini kuchaytiradi.
Xo'sh siz bu usulni bilarmidingiz yoki sinab ko'rgan bo'lsangiz izohlarga xulosalaringizni yozing. Agar yana boshqa usullarni ham bilsangiz, ularni bizga tavsiya qiling.@ibratfarzandlari