#seminar
✅Avval xabar qilinganidek,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi delegatsiyasi aʼzolari umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha Buyuk Britaniyaning Kembrij shahrida tashkil etilgan oʻquv-seminarlarida ishtirok etib qaytishdi.⭕️ Ayni vaqtda ushbu treninglar mazmun-mohiyatini yurtimizdagi soha mutaxassislariga yetkazish maqsadida oʻquv-seminarlari boʻlib oʻtmoqda.
Unda mutaxassislar:➖oʻquv dasturida uzviylik va muvofiqlikni taʼminlash;
➖ oʻquv maqsadlarini belgilashda aniqlik va moslashuvchanlik;
➖ oʻquv maqsadlarining rivojlanib borishini toʻgʻri shakllantirish;
➖ fanlararo integratsiya;
➖ oʻquv dasturlarini takomillashtirishda mahalliy ehtiyoj, anʼanalar hamda xalqaro standartlarni tahlil qilish kabi oʻquv sessiyalarida ishtirok etishmoqda. 👉 Joriy yilning 15-yanvar kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu oʻquvlar oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha Kembrij tashkiloti bilan olib borilayotgan keng hamkorlik ishlarining uzviy qismi hisoblanadi.Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:❤Telegram🌐Facebook🌐Youtube🌐Instagram🔎Veb-sayt😄Linkedin