DIQQAT! XONOBOD ShAHRIDA GAZ TA'MINOTI VAQTINChALIK TO‘XTATILADI
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Xonobod-Sultonobod” tarmog‘idagi diametri 325 mm bo‘lgan gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgan. Hozirda “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali va “Xonobodshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlarini olib borilmoqda.
Shunga ko‘ra, Xonobod shahrining jami 6 745 ta aholi xonadonlari va 18 ta ulgurji iste’molchilar uchun 2025-yil 7-yanvar kuni soat 09:00 dan 16.00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari tugatilgach, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
✍️“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati