View in Telegram
Bolalar xonasini qanday jihozlagan ma’qul? Bu ko‘p oilalar uchun kichik bir muammo. Siz bolalar xonasini iloji boricha ochiq ranglar bilan jihozlang. Ya’ni havorang, oq kabi ranglar bilan. Mebellariga kelsak, unchalik yirik va murakkab boshqaruv talab qilmaydigan va, albatta, eng muhimi, qirrasiz mebel tanlang. O‘yinchoqlarga esa brendi noma’lum, biz yaqin kunlarda uchratmagan noodatiy o‘yinchoqlarni emas, balki milliy mahsulotlarni tanlang. Iloji bo‘lsa, mablag‘dan muammongiz bo‘lmasa, taniqli brendlarning mahsulotlarini tanlashingizni maslahat beramiz. Shunda bolalar ularni sal bo‘lsa ham ko‘proq o‘ynashlari mumkin. Ammo baribir sindirib yo buzib tashlashadi. Konstruktor, uy va qurilish kabi o‘yinchoqlar bo­lalarning fikrlash qobiliyatlarini oshiradi. Ularda murakkab bo‘lgan amallarni bajarishdagi qiyinchiliklarni osonlashtiradi. Bolalar chizishlarini hisobga olib, devorga maxsus biror narsa yopishtirib qo‘yish ham mumkin. Ularni devorga nega chizding deb tergagandan ko‘ra chizish mumkin bo‘lgan sharoit qilib berish kerak. Baribir chizishadi. Bolalar uchun kichik kitob javon, dars tayyorlash uchun parta yoki shunga o‘xshash stol-stul esa ularni ilmga jiddiy yondashishga undaydi, rag‘batini oshiradi. Bolalar xonasini to‘zg‘itib o‘ynasa, to‘g‘ri tushuning. Axir bu majlislar zali emas. Muhimi, keyin o‘zlari toza­lab, tartiblab olishsin. Xonani vaqti-vaqti bilan shamollatishni ham unutmasinlar. 📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos Kitobni xarid qilish Yanada ko'proq iqtiboslar
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily