View in Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov 🎁 Yutuqli tanlovga marhamat! 🌙 Mavlid oyi munosabati bilan tanlov eʼlon qilamiz. Tanlov shartlari bilan tanishing: 1. 20 kun davomida «Hadis va Hayot», 19-juz – «Olamlarga rahmat Paygʻambar» kitobi boʻyicha berilgan vazifani oʻqish yoki tinglash kerak. 2. Har kuni berilgan vazifa boʻyicha iqtiboslarni bitta xabarda @hiloltanlovbot botidagi «Iqtibos yuborish» tugmasi orqali yuborish kerak boʻladi. Iqtiboslarni Telegramda matn koʻrinishida yozib yoki qogʻozga yozilgan matnni rasmga tushirib yuborish mumkin. Skrinshot koʻrinishida yuborilgan iqtiboslar qabul qilinmaydi. Iqtiboslarni 2 ish kunida tekshirib, tasdiqlaymiz yoki rad etamiz. Iqtibos tasdiqlansa, izohlar guruhiga yuboramiz va bot orqali xabar tasdiqlangani haqida xabar yuboramiz. Rad etilsa ham, bot orqali rad etilgani haqida xabar yuboramiz. 3. Tanlovga 20 kun davomida istalgan vaqtda (19-sentyabr 00:00 dan 8-oktyabr 23:59 gacha) qoʻshilish mumkin. Bu holatda bot orqali 20 kunlik vazifalarni toʻliq yuborish kerak boʻladi. 4. Tanlovga faqat bitta profildan qatnashish mumkin. Bir nechta profildan qatnashilsa, har bir profildagi natijalar alohida hisoblanadi, yaʼni bir xil ism-familiya bilan qatnashilgan bir nechta profil natijalari jamlab berilmaydi. ❗️ Bu muhim: iqtiboslarni imkon qadar imloviy xatolarsiz yozishga harakat qiling. 20 kunlik vazifani toʻliq yuborgan kitobxonlar ushbu kitob boʻyicha test ishlaydilar. Yakunda 10 nafar gʻolib taqdirlanadi. Kitobning elektron va audio shaklini 23-sentyabrgacha «Hilol eBook» ilovasidan 62% chegirmada, qogʻoz shaklini esa «Hilol Nashr» doʻkonlaridan olishingiz mumkin. Chaqiriq 19-sentyabrda boshlanadi, inshaalloh. Chaqiriq boshlanguncha kitobni olib, tayyorlanib turishingiz mumkin. 😊 Siz ham chaqiriqqa qoʻshiling va yaqinlaringizni ham safimizga chorlang! 🟢 @hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily