#rejalar_2025Xabaringiz bor, kecha davlatimiz rahbariga 2025-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida axborot berdik.
Bugun taqdimotda keltirib oʻtilgan sohaga doir eng muhim rejalar bilan sizlarni ham tanishtirib oʻtmoqchiman:
➖Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni
1 500 tadan 3 000 taga yetkaziladi va
257 nomdagi yangi darslik majmualari yaratiladi;
➖Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablar soni
420 taga, kasb-hunarga oʻrgatiladigan umumtaʼlim maktablar soni
400 taga yetkaziladi;➖Xorijdan jalb qilingan chet tili fani mutaxassislari soni
2 000 nafarga yetkaziladi;➖Xususiy maktablar soni
700 taga va ulardagi oʻquvchilar qamrovi 1
50 ming nafarga yetkaziladi;➖Investitsiya dasturi doirasida
26 ta yangi umumtaʼlim maktabi qurilishi va
320 tasini rekonstruksiya qilish orqali
120 943 nafar, shuningdek
54 ta pedagogik kollej binosini umumtaʼlim maktabiga aylantirish orqali
32 905 nafar oʻquvchi oʻrni yaratiladi;
➖2025-2026-oʻquv yilida Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan
58 ta umumtaʼlim maktabi qurish ishlari boshlanib,
72 ming nafar yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi;
➖Mamlakatimizning
4 ta hududida yangi ixtisoslashtirilgan maktab,
9 ta hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖Yurtimizning
208 ta tuman (shahar)ida
“Jasorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖4 500 ta umumtaʼlim maktabida “Iqtidor” maktab ansambli,
5 000 ta umumtaʼlim maktabida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi tashkil etiladi hamda “Turon” maktab teatri tashkil etilgan umumtaʼlim maktablar soni
5 000 taga yetkaziladi;➖6 200 ta sport klubi tashkil etiladi va ularga
1 mln nafar oʻquvchi qamrab olinadi;➖“Yashil maktabim” oʻquvchilar ekologik harakati doirasida
2 530 ta umumtaʼlim
maktabida yashil bogʻ barpo etiladi;➖“Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni
1 900 taga yetkaziladi, shuningdek ushbu tizim
208 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy etiladi;
➖Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi, Abu Rayhon Beruniy xalqaro kimyo olimpiadasi va Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi
(jami 3 ta) oʻtkaziladi;
➖Hududiy pedagogik mahorat markazlarida
120 ming nafar, KRK” va “KRS” tadbirlari orqali
370 ming nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagoglari malakasi oshiriladi;
➖Umumtaʼlim maktablarining
2 ming nafar amaldagi direktori va
1 500 nafar direktorlikka nomzod kadrlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining
1 500 nafar amaldagi direktori va
750 nafar direktorlikka nomzod kadrlar menejerlik kursida oʻqitiladi;
➖Umumtaʼlim maktablariga pedagog kadrlar maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
➖Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi
78 foizga yetkaziladi. Buning uchun
162 ta davlat, 100 ta DXSH asosida va
1 000 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilinadi va bu orqali
83 ming nafar yangi bola oʻrni yaratiladi;
➖Maktabga tayyorlov guruhlari sonini
28 519 taga yetkazish orqali
798 ming nafar tarbiyalanuvchi qamrab olinadi va qamrov koʻrsatkichi
98 foizga yetkaziladi;➖Islom taraqqiyot banki va OPEK jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan
200 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib,
30 ming bola oʻrni yaratiladi;➖6 892 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini toʻliq raqamlashtirish orqali bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish, oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida elektron tarzda hisoblash imkoniyati yaratiladi.
Koʻrib turganingizdek oldimizga qoʻygan rejalar juda katta. Ularga erishish uchun bir-birimizni qoʻllab-quvvatlagan holda harakat qilishimiz lozim va biz buni, albatta, uddalaymiz.@hilola_umarova