Ayni vaqtda noqulay ob-havo sharoitiga qarmasdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi” filiali ishchi-xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Bо‘stonliq tumanidi qurilayotgan 110/35/10 kV “Kurort” podstansiyasiga bir dona quvvati 10 000 kVA bо‘lgan transformatorni о‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Podstansiyani о‘z vaqtida foydalanishga topshirish maqsadida filialning 20 ga yaqin muhandis va texnik xodimlari hamda 10 ga yaqin zarur texnikasi tunu kun davomida faoliyat olib bormoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz