Bugungi kunda 30 ming kilometrga yaqin tarmoq hamda 10 200 ta transformator mukammal ta’mirlandi
Bu haqda AOKAda о‘tkazilgan brifingda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqarma boshlig‘i Saodat Ibragimova ma’lum qildi.
⏺️Hududlarda 6 470 dan ortiq xodimdan iborat 1 400 ta tunu-kun faoliyat yuritadigan avariyaviy brigadalari navbatchiligi tashkil etildi hamda ularga 1 334 ta maxsus avto va texnikalar biriktirildi.
⏺️Bundan tashqari, 35-110 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining quvvatni oshirish maqsadida Xitoy xalq Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan jami 69 dona kuch transformatorlari olib kelindi hamda о‘rnatildi.
⏺️Olib borilgan ishlar natijasida, hududlardagi 200 ta podstansiyalarda 272 ta mavjud kuch transformatorlarini quvvat oshirilishi hisobiga ushbu podstansiyalarda yuklama meyorlashtiriladi va buning natijasida qо‘shimcha 2 662 MVA quvvat yaratilishiga erishildi.
Batafsil
Video
Facebook |
Telegram |
YouTube |
Instagram |
X |
het.uz