ANDIJON SHAHRINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI TO’XTATILADI
“Adirlik” podstansiyasining II SSH 6 kV qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ushbu podstansiya orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi Andijon shahrining “Bog’ishamol”, “Buyuk ipak yo’li” MFY hududlarda bugun soat 11:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash jarayonida keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so’raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmatiHet.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram