PAXTAOBOD TUMANIDA YANGI PODSTANSIYA QURILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabr kungi “2024-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-404 sonli qaror ijrosi doirasida Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Hayotbaxsh” MFY hududida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali buyurtmachiligida navbatdagi yangi podstansiya qurilmoqda.
Ushbu podstansiya Toʻqimachilik industrial zonasining elektr ta'minoti uchun loyihalangan bo’lib, mazkur loyihaga asosan ob'ektni tashqi elektr ta'minoti bilan ta'minlash uchun 24,5 km uzunlikda 110 kV kuchlanishli, 15,1 km uzunlikda 35 kV kuchlanishli havo tarmogʻini tortish va quvvati 2 ta 25000 kVA bo’lgan yangi podstansiya qurish belgilangan.
Hozirda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmatiHet.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram