Asar nomi: Momo Asar muallifi:
Michael Andreas Helmuth Ende Yozilgan sanasi:
1973Tarjimon:
Leman Çalışkan nemis (asl)
tilidan tarjima qilgan.
“Momo” romani dunyoning o‘ttiz tiliga tarjima qilingan. Roman asosida kino ham suratga olingan.
https://www.youtube.com/watch?v=nSUYs4Puu2s Muallif o‘z asarini “Momo yoki vaqt o‘g‘rilarining va o‘g‘irlangan vaqtni insonlarga qaytarib bergan bolaning g‘aroyib hikoyasi" deb ta'riflaydi.
“
Momo”, oltinchi sinf va undan yuqori yoshdagi bolalar hamda bolalarcha tuyg‘ularini saqlab qolgan (menday) kattalar uchun tavsiya qilinadi. “Momo” nafaqat bolalar kitobi, balki hayotingizni qanday mazmunli o‘tkazish haqida o‘ylashga undaydigan ajoyib asar. Romanning klassikaga aylanishiga sabab uning chuqur falsafiy ma’nolar bilan yo‘g‘rilganligidir deb o’ylayman.
Mavzusi:
Roman, hikoyaning bosh qahramoni nomi bilan atalgan. Momo yetim qizaloq bo‘lib kichik shaharchadagi tashlandiq amfiteatrda yashaydi. Momo, odamlarni sabr bilan tinglash va ularga o'zlarini chinakam tarzda ifodalash va boshqalar ularni tushunishiga yordam berish qobiliyatiga ega. Momoning shaharda ko'plab do'stlari bo‘lib ularning barchasi uning tinglash qobiliyatidan foydalanadilar. Momoning borligi shahar aholisi hayotiga tinchlik va muvozanat olib keladi.
Biroq, shaharga “Vaqt o'g'rilari” deb nomlangan sirli shaxslar guruhi keladi. Bu jonzotlar odamlarning vaqtini tejash va saqlashga va'da berib, ularning hayotlarini tezlashtirishlariga, vaqtlarini insonlar bilan bo’lgan munosabatlaridan tejashga majbur qilishadi. Aslida vaqt o‘g‘rilari odamlarning vaqtini o'g'irlaydigan va ularning hayotini tushunmasdan yashashga majbur qiladigan yomon niyatli shaxslardir. Vaqt o'g'rilari ta'siri ostida odamlar vaqtlarini tejash uchun bir-birlaridan yuz o'girishadi va Momo o'z shahridagi do'stlariga vaqt haqidagi muhim haqiqatni aytib berishga harakat qiladi.
“Momo” romani vaqt tushunchasini va odamlarning zamonaviy jamiyatda vaqtdan qanday foydalanishlari kerakligiga urg’u beradi. “Vaqt nafaqat vosita, balki hayotning mazmuni bo‘lib, vaqtdan qanday foydalanish insonning baxtiga, hayot sifatiga bevosita ta’sir qiladi”, deydi yozuvchi. Muallif o‘z asarida juda muhim mavzuga – ota-onalarning ishlariga qattiq berilib ketib o‘z farzandlariga vaqt ajrata olmasliklariga e’tiborni qaratadi.
Roman 1973-yilda yozilgan bo‘lishiga qaramay hozirgi kunimizdagi eng dolzarb muammolarni – vaqtning qadrini bilmasligimiz; insonlar orasidagi, ayniqsa oilalardagi mehrsizlik; soxta do’stliklarni anglatayotganday tuyuldi menga. Ayniqsa “Vaqt o'g'rilari” ijtimoyi mediaday tuyuldi.
O‘lmas asar deganlari shunday bo‘lsa kerak. Qaysi davrda o‘qishingizga qaramay o‘zingiz yashab turgan davr bilan bog‘liq mavzularni topganday bo‘lasiz..
Romanni to'liq gapirib bermadim..
Agar kitobni turk tilida sotib olib o‘qimoqchi bo’lsangiz
https://t.center/bookexpress_uz ga murojaat qilishingiz mumkin.
@hamidovazamira