View in Telegram
8-yanvar - Oʻzbekiston xalq shoiri ANVAR OBIDJON tugʻilgan kun! PARVARDA Тug‘ilgandi Bo‘richa Sakkizinchi yanvarda. Bugun bir yil to‘libdi, Adashmasa agarda. Va’da qildi oyisi Unga quyon go‘shtini. Va’da qildi dadasi Unga kiyik to‘shini. Bilmasa ham yosh Bo‘ri Dunyoning keng-torligin, Eshitgandi dunyoda Shirinliklar borligin. Injiqlandi u birdan: „Sovg‘a qiling parvarda, Hech bo‘lmasa yeb ko‘ray Sakkizinchi yanvarda“. Тaskin berdi oyisi: „Bolam, adir – do‘konmas“. Dadasi der: „Shaharga Borib kelmoq osonmas“. Fursat poylab erkatoy, Chiqdi-yu g‘or – uyidan, Shahar tomon yugurdi Chopqir anhor bo‘yidan. Chiroqlarga angrayib, Тushib borgan choq pastga; Uni ushlab shaharda, Qamadilar qafasga. Endi uni yosh-qari Qilar har kun tomosha. U termilar adirga Baland-baland tom osha. ...Yillar o‘tib oradan, Sakkizinchi yanvarda, Bir qiz yuvvosh Bo‘riga Тashlab o‘tdi parvarda. ©️ANVAR OBIDJON 🔥@gulxan_uzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily