#6_ishtirokchi
Yangi yil
Oydin oqshom – lojuvard his,
Xush tashrifi behad huzur.
Soʻz-la goʻzal, soʻz-la nafis,
Nigohlarga ming tashakkur.
Nur singari sochib navo,
Jilolangan ming bir kuydir,
Chin soʻzingda etib davom,
Oʻz-oʻzingga baxtni suydir.
Qishning yangi ertagida
Yangi yoʻl bordir munavvar,
Qara, zamin yuragida
Orzu kabi uchar yanvar.
© HULKAROY SATTOROVA,
Qashqadaryo viloyati, Koʻkdala tumanidagi 6-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi
@gulxan_uzb