Kuz.
Hayot misoli horg‘in pallaga yetdi,
Barglarin ohlari yurakka ketdi.
Kuz.
G‘amgin biz nazar soldi-yu kechdi,
Tun darddan totinib Kuzligin yechdi.
Buyog‘i quyosh ham sovuq aldaydi,
Daraxtlar qunishib, qirov taraydi.
Qish bizni bunchalar oson avraydi,
Kuzsiz ko‘ngillarni ayoz talaydi,
Ko‘n (ma) gil!
Guli NIGOR