Tahrir qilib bo‘lmas sog‘inchni,
Ko‘chirib ham bo‘lmaydi oqqa.
U - varag‘i yirtilgan kitob,
U hamisha muhabbat haqda.
Sog‘inch baxtmas ko‘nikmoq uchun,
Sabr hammas, zar bo‘lsa tagi.
Sog‘inch asli vidodan so‘nggi,
kutmayotgan odam ermagi.
FAXRIYOR
Shu she'rga Grok, Dream Lab va Chat GPT chizgan rasmlar. Sizga qaysi biri ma'qul keldi?