Yil kirib kelganida men hali ham onalik ta’tilida edim. Ammo eski ishimga qaytishni ham istamasdim (16 yillik faoliyatdan zerikib boshlagandim).
Xullas, 2024 boshlandi va oldimga maqsad qo’ydim: jurnalistika bo’yicha kasbiy ko’nikmamni oshiraman, ishimni o’zgartiraman, turk tilini mukammal o’rganaman…
Fevral-may oylarida SMM bo’yicha tahsil oldim. May oyida Qashqadaryo hokimining taklifi bilan bir guruh ijodkorlar jonajon Qashqadaryoda ijodiy safarda bo’ldik. 13-may kuni sobiq “Postda”mga ishga qaytdim, 21-maydan esa “Temiryo’lkargo” AJ da ish boshladim.
Tamoman yangi, o’zgacha muhit, yo’nalish. Endi shunchaki muxbir emas, bir tashkilotning matbuot kotibi. O’tgan davr mobaynida vazifam bilan kelishib keta oldim deb o’ylayman.
Turk tilini mustahkamlash maqsadini sekingina 2025 ga ko’chirdim, chunki ishxona tomonidan tashkillashtirilgan ingliz tili kursida o’qiy boshladim(bolalar, ro’zg’or, ishdan orta olmadim).
26-dekabr kuni ingliz tili imtihonini 103% bilan topshirib, sertifikat bilan taqdirlandim.
Iyun oyida 14 yillik kutishlardan keyin “Rangin ruhunat” nomli navbatdagi she’riy kitobim chop etildi. Kichik kichik tarjimalar qildim.
5 yillik onalik ta’tilidan so’ng menimcha sekin asta jamiyatga qo’shilish jarayoni hamon davom etmoqda.
Uchinchi muchalim juda ko’p tasdiqlar, xulosalar, imkonlar va anglamlar bilan keldi. Bundan shodman. Umrimning bu yili o’ylaymanki, keyingi faoliyatimning debochasi, pillapoyasi bo’ladi. Chunki oldimda maqsadlarim hali ko’p!