NEGA O'RGANISHGA QIZIQMAYMIZ?
Ko'pchiligimizda o'rganishga yetarli qiziqishning yo'qligini, qiziqish bo'lsa ham eplolmayotganimizni, o'qiyotgan narsamizni shunchaki majburiyat uchun rasmiyatchilik uchun o'qiyotganimizni, o'qituvchimiz shunaqa vazifa bergani uchun majburligimizdan qilayotganimizni hammamiz kuzatib turibmiz,
Miyamizni shunchaki yopib qo'yganmiz va o'zimizni baxtli his qilolmayapmiz. Qiziqarli kitob, kino, sayohat, mazali ovqat, pul, mashina, to'kin sharoit beradigan maza tatimaydi, salgina xursand qiladi va yana avvalgi holatimizga qaytamiz. Telefon kavlash kabi miyamizni dopamin bilan soxta baxtli qilishga mukkamizdan ketganmiz.
Bu albatta hamma uchun emas. Bu holatga tushmaganlar xayriyatki juda ko'p hali.
Bu holatdan ular bilib yoki bilmay uzoq turishibdi.
Buning sababi O'RGANMAYOTGANIMIZ. Biz doimiy ravishdayangi narsa o'rganmasak tushkunlikka tushamiz, buni o'zimiz sezmaymiz. Doimiy nimadir foydali va biroz murakkablikdagi narsani o'rganib turish, ya'ni bir umrlik o'rganuvchi bo'lish bizni nafaqat baxtli va shuningdek sog'lom ham qiladi.
Yana bir masala shuki, ko'pchilik o'rganishni yaxshiligini biladi lekin hech qiziqish topolmaydi. Bunga ham yechim bor. Bu grafo-terapiya mashqlari. O'zimda uning qanchalik foydasi bo'lganini aytgandim avvalgi postlarda. Endi esa bu faqat o'zim bilanmas bir qancha o'quvchilarim bilan ham isbotlandi. Siz ham fikrlashingiz uchun terapiya olishni istaysizmi?
@Lisan_uz