โโFotih Duman โ "Men"Kitob endi ommalashayotgan vaqtda olib qoสปygandim. Uyda ancha vaqt oสปqilmay yotdi. Bu orada esa shu muallifning kitoblari oสปzbek tilida bemaza qovunning urugสปiday koสปpaygandan koสปpayaverdi. Bir necha yil burun Amina Shenlikoสปgสปli kitoblari ham shunday ommalashgandi. Qaysidir kitobi "yegach", adibaning bir-biridan sayoz asarlari kitob rastalarini bosib ketgandi.
Fotih Dumanni oสปzbek oสปquvchisiga aynan "Men" kitobi tanitdi. Shu bois aynan shuni oสปqishga kirishdim. Oสปqiyapman-u, bir asabiylashaman, bir kulgim keladi, bir jahlim chiqadi. Nahot kitobxonlarimizda did shu qadar oสปlik? Nahot diniy fon berilgan har qanday kitobni bizga oสปtkazib yuboraverishadi? Nahot shu qadar yengil adabiyotlardan nariga oสปtolmaymiz?
Ichingizdagi bir ovoz sizga "Bu kitobni aslo oสปqima!" deyayotgan boสปlsa, bilingki, bu ham oสปsha nafsning ovozidir. Mana shu kirish soสปzining oสปziyoq adibning, asarning saviyasini koสปrsatib turibdi. Hatto umrida roสปshnolik koสปrmagan oสปrtamiyona yozuvchilar ham bunday kulgili chiranishni oสปzlariga ravo koสปrishmaydi. Adashmasam, Mehmet Yildiz degan yana bir chala yozuvchi ham qay biri kitobida shunday degandi "Bu kitobni aslo oสปqimang. Yoสปqsa hayotingiz oสปzgarib ketishi mumkin". Kulguli.
Internet sahifalarida aylanib yuradigan virus xabarlar boสปladi-ku, masalan, "Bugun tunda kuchli radiatsiya boสปlarkan, barcha elektron jihozlarni oสปzingizdan uzoq tuting" va yoki "Hammaga uch milliondan mukofot puli berilarkan, pulni olish uchun link ustiga bosing" kabi. Internet savodxonligi nolda boสปlgan foydalanuvchilargina bu xabarlarga ishonishadi. Yuqoridagi kabi kirish soสปzlarini yozadigan va shu kirish soสปzlariga uchib kitob oสปqiydiganlar esa adabiyot olamidagi besavod kishilardir.
Muallif yozishni bilmaydi. Shu qadar oddiy. Qarshingizda ovozi yoสปq odam qoสปshiq aytsa, yumor hissidan mahrum odam sizni kuldirishga harakat qilsa nimani his qilasiz? Masalan, men xijolat boสปlaman, uning oสปrniga ham uyalib ketaman. Nahot yozishni bilmaydigan odamning kitobini oสปqib shunday hisni tuymaysiz?
Tasvir mahorati yoสปq. Matn ustida ishlanmagan. Keraksiz soสปzlar, takrorlar bisyor. Qahramonlar boสปm-boสปsh. Oสปrta maktabdagi havaskor qalamkashlarning matnlariday odmi, quruq, beoสปxshov. Bitta maqtovli jihati, shu tipdagi boshqa asarlardan farqli oสปlaroq diqqat faqat kishining oสปziga qaratilgan, boshqa din yoki millat vakillariga nisbatan nafrat urugสปlari ekilmagan. Ya'ni muallifning maqsadi yaxshi. Biroq buning oสปzi kamlik qiladi. Men kimgadir yaxshilik qilish uchun oสปz qoสปlim bilan uy qursam, qurilish sohasida noสปnoqligim bois bechoralar shu uyning tagida qolishlari aniq.
Amina Shenlikoสปgสปlining kitoblaridan qaytarganim kabi Fotih Dumanning kitoblarini oสปqimanglar demayman, yoสปq. Qattiq qarshi turadigan darajada emas. Kimdir oสปqib qoสปyib yomon yoสปllarga kirib ketib qolmaydi. Biroq yaxshi kitoblar koสปp-ku, doสปstlar. Qishda yupin kiyingandan qalin kiyingan a'lo boสปlgani kabi, qorin ochganda tuzsiz taomdan koสปra mazali taom yeyish a'lo boสปlgani kabi, ilmsiz odam suhbatidan ilmli odam suhbati a'lo boสปlgani kabi sayoz kitob oสปqigandan badiiyati yuksak asarlarni oสปqigan a'lodir. Yanayam ixtiyoringiz.
ยฉIlhom Salimov