➡️ 2025 yil 17 yanvardan boshlab O‘zbekiston Markaziy banki 100 gramm og‘irlikdagi oltin quymalarini sotishni boshladi.
⏺ Ushbu tashabbus fuqarolarning investitsiya va jamg‘arma imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, mamlakatda qimmatbaho metallar bozorini rivojlantirishga qaratilgan.
⏺ Endilikda O‘zbekiston aholisi 5, 10, 20 va 50 grammli quymalardan tashqari og‘irligi 100 grammli quymalarni ham sotib olishlari mumkin. Oltin quymalarning qadog‘i
sertifikat vazifasini bajarib o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi. Oltin quymalarining narxi har kuni yangilanadi va Markaziy bankning rasmiy veb-saytida milliy valyutada e’lon qilinadi.
✔️ Oltin quymalarni banklaridan xarid qilish paytida amaldagi narxda xarid qilish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, qadog‘i but holatdagi oltin quymalarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.
🌐 @finlituzb 🌐 @finlituzb_ru