🔗QR-koddan foydalanganda firibgarlikdan qanday himoyalanish mumkin:
✅ notanish varaqalar yoki e’lonlardagi QR-kodlarni skanerlamang;
✅ agar saytga QR-kodni skanerlab kirgan bo‘lsangiz, saytning URL manziliga diqqat bilan qarang. U ma’lum kompaniya yoki tashkilotning rasmiy manziliga mos kelishi kerak;
✅ hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni, masalan, bank kartalarining parollari va raqamlari yoki shaxsiy maxfiy ma’lumotlarni kiritmang;
✅ qurilmangizda zararli fayllarni aniqlash va viruslarning o‘rnatilishining oldini olishga yordam beradigan antivirus dasturidan foydalaning;
✅ ilovalar bilan ehtiyot bo‘ling, agar ular sizga shubhali tuyulsa, ularni yuklab olmang.➡️ Xulosa:
QR-kodlar o‘z-o‘zidan xavfli emas, ammo firibgarlar ulardan ma’lumotlaringizni aldash va o‘g‘irlash uchun foydalanishi mumkin. Bunday tahdidlarning oldini olish uchun QR-kodlarni skanerlashda ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lish kerak, ayniqsa, ular sizga shubhali tuyulsa.🌐@finlituzb🌐@finlituzb_ru