View in Telegram
💳 Agar bank kartangizga adashib pul o`tkazilgan bolsa, siz bu jarayonda tez va to‘g‘ri harakat qilishingiz muhim. Quyida shu vaziyatda amalga oshirish kerak bo‘lgan qadamlar ko‘rsatilgan: 🛫 Pul o‘tkazmasini tekshiring. Bu o‘tkazma haqiqatdan ham xato ekanligiga ishonch hosil qiling. Ehtimol, u boshqa kishi uchun mo‘ljallangandir. 🔗 Pul o‘tkazmasi tafsilotlarini tekshiring. Pul o‘tkazuvchining kimligini, qancha pul o‘tkazilganligini, operatsiyaning sanasi va vaqtini aniqlang. 💵 Pulni sarflamang. Bu o‘tkazma xato ekanligiga ishonch hosil qilsangiz, bu pullardan foydalanishga urinmang. Bu harakatingiz o‘zgalar mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish sifatida baholanishi va kelgusida muammolar yuzaga kelishi mumkin. 📞 Bank bilan bog‘laning. Sizga boshqa kishining puli o‘tkazilganini bankka ma’lum qiling. Bankka quyidagi usullar bilan aloqaga chiqishingiz mumkin: “ call center”, mobil ilova yoki onlayn chat. Aloqa vaqtida siz o‘tkazma haqida ma’lumot, masalan, o‘tkazma raqami, summasi va sanasini taqdim etishingiz kerak. 📞 Pul o‘tkazuvchi bilan bog‘laning. Agar pul o‘tkazuvchining aloqa ma’lumotlari mavjud bo‘lsa, u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laning. Ehtimol, uning o‘zi xatoni payqagandir va mablag‘ni qaytarib olmoqchidir. ⚠️ Xulosa qilib aytganda, noto‘g‘ri pul o‘tkazmalariga e’tiborli bo‘lishingiz kerak bo‘lgan holatlardan biridir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily