#Qonunchilikdagi_yangiliklar✅ Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi
Qonun (O'RQ-1020-son, 20.01.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi🇺🇿 “O'simliklar karantini to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, yuridik shaxslarga O'zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning
fumigatsiyasi bo'yicha faoliyatni litsenziya asosida amalga oshirish huquqi beriladi.
📑 “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi Qonunga O'zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo'yicha faoliyatni
litsenziyalash tartibini nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda.
🔖 Shuningdek,
mineral o'g'itlarni va o'simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi va O'zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo'yicha faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik uchun
jarimalar miqdorlari belgilanmoqda.
✍️ “Davlat boji to'g'risida”gi Qonunida mineral o'g'itlarning va o'simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi bo'yicha faoliyatni hamda O'zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo'yicha faoliyatni
litsenziyalaganlik uchun davlat boji miqdorlari belgilanmoqda.
📊 Bunda davlat boji, mineral o'g'itlarni va o'simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo'yicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun
BHMning 2 baravari, O'zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo'yicha faoliyatni litsenziyalaganlik uchun
BHMning 3 baravari etib belgilandi.
🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter