Tuproqqal'a tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan
Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumanida harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni joylarga chiqqan holda o‘rganib, hal qilinishini ta’minlash maqsadida, ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.
Qabul 2025-yil
28-yanvar kuni soat
12:00 da Tuproqqal'a tumani 6-sonli bolalar "Musiqa va san'at maktabi"da boshlanadi.
Shu munosabat bilan, murojaatlaringiz bo‘yicha ushbu ommaviy sayyor qabulda ishtirok etish uchun taklif etamiz.
Boshqa yangiliklar
Fvv.uz |
Facebook |
Telegram |
Youtube |
instagram |
X