Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev rahbarligida Buxoro viloyatida 2024-yil yakuni bo‘yicha muhokama o‘tkazildi
Buxoro viloyati FVB shaxsiy tarkibi bilan 2024-yil yakuni bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi. Unda, yil yakuni bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi shuningdek, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yashil makon va boshqa tegishli yo‘nalishlar, soha mas’ullari ishtirokida muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan muhokamalar davomida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilanib, har sohaviy yo‘nalish bo‘yicha tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Vazir “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etib, manzarali ko‘chatlar ekdi.
Boshqa yangiliklar
Fvv.uz |
Facebook |
Telegram |
Youtube |
instagram |
X