View in Telegram
Farangiz Murodova
Singlim bilan uxlashdan oldin, nihoyat "Jannat onalar oyog'i ostida" kinosini ko'ryapmiz. Ishlarni qilib bo'lib, kuni bilan opa shu kinoni ko'raylik deb aytaverdi. Kel qani sazang o'lmasin deb, ko'rpaning tagiga kirib tomosha qilyapmiz. Ertaga nimalarni…
Tugadi Naq 01:30 gacha tomosha qildik. Bu yerda faqat onani Makkaga olib borish emas, inson maqsadi uchun harakat qildimi unga har xil to'siqlar bo'lsa ham chin dildan kirishsang Yaratgan yordam beradi degan ma'noni anglash mumkin. Ba'zi joylarda ko'zimga yosh keldi. Duoda gap katta deb bejizga aytishmaydi. Doim biz qilgan duolarni Yaratgan amalga oshiradi. Ona ham o'g'lining harakatlarini qo'llab-quvvatladi. Makkaga borishlariga ham shu quvvatlov tirgak bo'ldi desak adashmaymiz. Asosiy nuqtalar, Suriyagi holatni aytish mumkin. Qarang qanday sabab bo'ldiki, ular omon qoldi. Kino davomida Makka ko'z oldimda gavdalandi. Makkaning havosini, ruhiyatimda his qildim. Ota-onaning duosi, hamma vaqt insonni barcha xatarlardan asraydi. Qirg'izlar tomonidan tabiiy holda yetkazib berilgan bu kino bekorga butun insonlarning qalbidan joy olgani bejizga emas. Ibratli kinolar ishlanaversa, baribir yaxshida. Kino haqida judayam ko'p va xo'p gapirishim mumkin. Barchaning o'ziga yarasha qarashlari bor. Men ko'nglimga yaxshi bir niyatni tugib qo'ydim. Tushimda esa ajoyib hodisa guvohi bo'ldim Tavsiya qilgan singlimga rahmat. Ketgan vaqtga arziydi. Oldi-qochdi filmlardan ming chandon ko'rishga arzigulik. @farangizkhan_murodova
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily