Qaniydi insonlar, yangi modaga kirgan mashina-yu kiyimga emas, yangi nashrdan chiqqan kitobga navbatda turishganda...
"O'tkan kunlar" romanining gazetada chiqishni poylab o'tiradigan, "Jahon adabiyoti" jurnalining, hech bir qismini qoldirmasdan o'qiydigan xalq qayerga ketdi?
Farzandiga tunlari alla, lapar aytib beradigan, kichikligidan adabiyotga mehrini uyg'otadigan onalarchi?
Qo'shnining bir-biriga bo'lgan mehr-oqibatichi?
Odamlar uyiga kamera qo'yish tugul, hatto eshiklariga zulpak ham osishmasdi. Ishonch kuchli edi.
Qani, kashtalar tikilib, tuni bilan Nodira, Uvaysiy, Navoiy va Mashrabdan g'azallar aytuvchi qizlar...
Shunchaki oddiy o'qiladigan so'zlar emas bu. Aslida, har bir yozgan jumlamni hazm qilish bir qiyin. Yozyotgan vaqtimda tomog'imga nimadir tiqilib, meni o'yga toldirdi.
©Farangiz Murodiy
@farangizkhan_murodova