Tarix instituti olimlarining “Fan” nashriyotida chop etilgan ilmiy ishlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Uning yuzochdisida
institut direktori, akademik Azamat Ziyo so‘zga chiqib, ushbu nashrlarning o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixini o‘rganishdagi katta ilmiy ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Taqdimotda tarix fanlari doktori, professor
Abdulahad Xo‘jayev "Turkiston Xitoy yozma manbalarida", tarix fanlari doktori, professor
Shopo‘lat Shaydullayev va Alisher Shaydullayev "Turonning eng qadimgi yozuv tizimi", institut yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori
Xurshid Jumanazarov "Turkistonda tibbiyot tarixi" va kichik ilmiy xodim, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Ahror Azizov "O‘zbek xalqining hayvonot olamiga oid qarashlari" o‘z asarlaridan ko‘zlangan maqsad, ularda olg‘a surilgan masalalar, nashrlarning ilmiy yangiliklarini bayon etdilar. Shundan so‘ng har bir kitob bo‘yicha savol-javob va muhokama bo‘lib o‘tdi.
https://t.center/tarixchivijdoni