🌿Keksa otaxon har kuni mahalladagi bir bolakayning yalang oyoq, rezina to‘p bilan futbol o‘ynayotganiga ko‘zi tushardi. Bir kuni do‘konga borib poyabzal oldi va bolaga tutqazdi:
— Buni kiyib ol, bolajonim, senga deb oldim.
Bolajon quvonchdan qiyqirib yubordi va shu zahoti poyabzalni kiyib oldi. So‘ng soch-soqoli oppoq boboga hayrat bilan tikilib:
— Siz Allohmisiz? - deya so‘radi.
Keksa kishining qo‘l-oyog‘i qaltirab, labini tishladi va:
— Astag‘firulloh, bolam, unday demagin.
Qo‘l-oyoqchalari kir, qalbi dunyodagi eng toza narsadan ham pokiza bolakay yana hayrat to‘la nigohlarini boboga qadadi:
— Unda siz Allohning do‘sti ekansiz-da! Chunki men kecha tunda Allohga poyabzalim yo‘qligini aytgandim, menga poyabzal yuborgin deya yig‘lagandim...
Otaxon ko‘z yoshlarini ko‘rsatmaslik uchun bolani bag‘riga bosdi...
Baʼzan Alloh duolarimiz ijobati uchun yaxshi insonlarni joʻnatadi... Nogahon yaxshiyam borsizlar, yaxshi odamlar degisi keladi odamni...☺️@falsafasi_hayot🕊️