View in Telegram
Turkiya Suriyada yangi harbiy operatsiya boshlaydimi? Turkiya Suriyadagi kurd guruhlariga bosimni kuchaytirmoqda va uning shartlari bajarilmasa, harbiy operatsiya bilan tahdid qilmoqda. Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan CNN Türk telekanalida chiqish qilib, Anqara Kurd Ishchilar Partiyasi (PKK) va unga aloqador guruhlardan quyidagilarni talab qilayotganini bildirdi: qurolni to‘liq tashlash; Suriya hududidan chiqib ketish va Damashqdagi yangi ma’muriyat bilan muloqotga qo‘shilish. Fidanning so‘zlariga ko‘ra, agar bu talablar bajarilmasa, Turkiya harbiy operatsiyasini qonuniy deb hisoblaydi. Anqara PKK ta’sirining kengayishini milliy xavfsizlikka tahdid sifatida ko‘radi. Turkiya armiyasi allaqachon Suriya chegarasi bo‘ylab kuchlarni to‘plashni boshlagan. Ayniqsa, AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan va kurd kuchlari nazorati ostida bo‘lgan Kobani shahri diqqat markazida. Kurdlar, o’z navbatida, allaqachon Vashingtondan yordam so‘ragan. Ekspertlar aytishicha, Yaqin Sharqda Turkiya ta’sirini mustahkamlashga intilayotgan Erdog‘an mavjud vaziyatni nazoratni kengaytirish imkoniyati sifatida ko‘rmoqda. Kurdlar esa Vashington tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda, ular Suriya hududida Kurdistonni barpo etishni xohlamoqda va shu sababdan Turkiyaning harakatlarini o‘z rejalariga tahdid sifatida ko‘radilar. Mojaroni yangi bosqichga olib chiqish Suriyada muxolifat ichida bo‘linishga va mintaqadagi beqarorlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin. Agar Turkiya operatsiyani boshlasa, bu turkparast guruhlar va kurdlar o‘rtasida yangi fuqarolik urushi tahdidini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, Isroil va AQSh kabi uchinchi tomonlarning aralashuvi xavfi oshishi gumanitar inqirozini yanada kuchaytiradi. Umuman olganda, Turkiya kurd kuchlaridan javobni kutayotgan bir paytda, Suriya chegarasi bo‘ylab vaziyat tarangligicha qolmoqda. @erontahlili
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily